Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mutaxassis xatarli kasallik xavfini kamaytiruvchi mahsulotlarni ma’lum qildi

Mutaxassis xatarli kasallik xavfini kamaytiruvchi mahsulotlarni ma’lum qildi

Foto: «Ray-d.org»

Meva-sabzavotlar saraton xavfini kamaytirishga yordam beradi. Bunday mahsulotlarni rossiyalik onkolog va jarroh Ivan Karasev Instagramda yozib qoldirgan.

«Birgina meva-sabzavotlarni iste’mol qilish saraton bilan kasallanish xavfini 20 foizga kamaytiradi. Yana hayvon mahsulotlaridan voz kechsak, ushbu raqamni ikkiga ko‘paytirish mumkin. Shu tariqa har beshtadan ikkita saraton kasalligi bartaraf etiladi», – dedi Karasev.

Uning aniqlik kiritishicha, yashil bargli sabzavotlar, apelsin va dukkakli ekinlar tarkibidagi folat kislotasi tufayli saraton rivojlanish xavfini kamaytiradi. Onkologning so‘zlariga ko‘ra, taomnomaga ko‘p miqdorda vitamin va minerallarni kiritishga hojat bo‘lmaydi.

«Xuddi shu choralar saraton qaytalanishining oldini olishga va davolashga, shuningdek, boshqa surunkali kasalliklar xavfini kamaytirishga yordam beradi», – deya xulosa qildi mutaxassis.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring