Mutaxassis koronavirusni ko‘proq kimlar qayta yuqtirishini ma’lum qildi
Daniyalik olimlarning «Lancet» ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqotiga ko‘ra, 65 yoshdan oshgan odamlarda koronavirusni qayta yuqtirish xavfi yuqori.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, umuman olganda, koronavirus bilan og‘rigan bemorlarda qayta kasallanishdan himoya darajasi 80,5 foizni tashkil etadi, ammo 65 yoshdan oshgan odamlar orasida bu 47,1 foizgacha tushib ketadi.
Avvalroq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh ilmiy xodimi Sumiya Svaminatan tashkilotda virusga qarshi antitanalar mavjudligiga qaramay, COVID-19 ning yangi shtammlari bilan qayta yuqtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjudligini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter