Mutaxassis koronavirus yuqish xavfini oshiruvchi zararli odatlarni ma’lum qildi
Spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar va tamaki iste’mol qilish koronavirus bilan kasallanish xavfini oshiradi va COVID-19 kechishini og‘irlashtiradi, dedi rossiyalik psixiatr-narkolog Yevgeniy Bryun.
«Ishonch bilan ayta olamanki, alkogol, giyohvand moddalar, tarkibida nikotin bo‘lgan mahsulotlar iste’mol qilish koronavirus infeksiyasini yuqtirish ehtimolini oshiradi va kasallikning kechishini og‘irlashtiradi», — dedi Bryun matbuot anjumanida.
Uning ta’kidlashicha, ichkilikbozlikdan aziyat chekuvchi bemorlar koronavirus infeksiyasini og‘irroq o‘tkazishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter