Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mutaxassis koronavirus pandemiyasi qachon tugashini ma’lum qildi

Mutaxassis koronavirus pandemiyasi qachon tugashini ma’lum qildi

Foto: «Forexdengi.com»

Koronavirus pandemiyasi 2022-yil boshida tugashi mumkin, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropa bo‘limi rahbari Xans Klyuge «Welt» nashriga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2021-yil «yana bir COVID yili bo‘ladi». Biroq 2020 yilda odamlar yangi kasallik haqida kam ma’lumotga ega bo‘lishgan bo‘lsa, endi pandemiya nazorat qilsa bo‘ladigan ahvolga kelib qolgan.

«Men uchun o‘z ishimda oldindan rejalashtirish muhim. Shundan kelib chiqib pandemiya 2022 yil boshiga kelib tugaydi deb ayta olaman. Bu virus yo‘q bo‘lib ketishini anglatmaydi. Ammo, umid qilamanki, o‘sha vaqtga kelib aralashuvlarga ehtiyoj qolmaydi», — deya Klyuge so‘zlarini keltirgan RIA Novosti.

Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, davlatlar cheklovlarni qanday bekor qilishni boshlashlari juda muhim, chunki hammasi juda tez sodir bo‘lsa, «biz yana boshiga qaytamiz».

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda qariyb 115 million kishi koronavirus bilan kasallangan bo‘lib, 2,5 milliondan ortiq bemor vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring