Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Musulmonlar idorasidan xushxabar

Musulmonlar idorasidan xushxabar

Bugun, 3 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgan.

Aytilishicha, Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi «Haj – 2022» mavsumi bo‘yicha rasmiy bayonotida, joriy haj tadbiriga chet ellik va mahalliy hojilarga jami 1 million kishi uchun haj ibodatini amalga oshirishga ruxsat bergan.

O‘zbekiston delegatsiyasi ushbu safar davomida «Haj – 2022» mavsumini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni Saudiya Arabistonidagi mutasaddi idoralar bilan kelishishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring