Musulmonlar idorasi haj ziyorati nega qimmatlashgani yuzasidan bayonot berdi
Musulmonlar idorasi haj safari atrofidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi.
«Haj-2022» mavsumi uchun 1 nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori 62 million 900 ming so‘m etib belgilangani va ushbu to‘lovga nimalar kirishi haqida:
1.Saudiya hukumati tomonidan haj safari narxiga ta’sir qiluvchi qo‘shimcha soliq va majburiy to‘lovlar joriy qilinganini, shuningdek, kommunal, transport, elektr-energiya va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar miqdori bir necha baravar (30-40 foiz) oshgan.
O‘zbekiston tomoni Saudiya bilan olib borilgan uzoq muzokaralar natijasida ziyoratchilarimiz uchun iqtisodiy paket narxiga lyuks darajasidagi xizmat ko‘rsatishga erishdi va to‘lov uchun o‘rta narxni belgiladi.
Eslatib o‘tamiz, ayrim davlatlarda eng qimmat paketlar narxi 25 ming AQSh dollarigacha etib belgilangan.
2. Yurtdoshlarimiz joriy mavsumda birinchi marta Madina shahrida «Masjidi Nabaviy»dan 100 metr uzoqlikda joylashgan 5 yulduzli «Zam-zam Pullman» va «Kraun Plaza» mehmonxonalarida istiqomat qiladilar. Makka shahrida esa «Abroj al-Hidoya» mehmonxonasida yashaydilar.
3. Yurtimiz ziyoratchilarining safar davomiyligi ayrim qo‘shni davlatlar ziyoratchilari singari 14-17-20 kun emas, balki 26 kunni tashkil etadi. Bu ham, tabiiy ravishda, narxlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, «Haj-2022» mavsumi uchun 1 nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori 62 million 900 ming so‘m etib belgilangandi.
Shuningdek, Haj safari boshlanadigan sana ham ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter