Prezident Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi
Davlatimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari boshlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-avgust kuni Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, ozodligimiz, yorug‘ kelajagimiz va pok niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar vakillari ham monument poyiga gullar qo‘ydi.
Mamlakatimiz tarixida yangi sahifa ochgan, xalqimiz uchun eng ulug‘, eng aziz ayyom bo‘lgan Mustaqillik bayramiga hamma joyda katta tayyorgarlik ko‘rilgan. Poytaxtimizdagi tantanali tadbir bugun «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq, prezident Shahidlar hotirasi xiyoboniga tashrif buyurgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter