Mustaqillik bayrami kunlari xavfsizlikni ta’minlash uchun 30 mingga yaqin xodim jalb qilingan
AOKAda Ichki ishlar vazirligi JXD axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda bayram tadbirlari davomida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi:
Joriy yilgi Mustaqillik bayrami tadbirlari Respublikaning 213 ta joyida 23-31 avgust kunlari o‘tkazilishi begilangan bo‘lib, unda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash uchun 16 832 nafar ichki ishlar organlari, 4 677 nafar Milliy gvardiya, 1 943 nafar Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari va harbiy xizmatchilari hamda 7 244 nafar jamoatchilik vakillari jalb etilgan.
Shuningdek, xodimlarga xizmatda foydalanish uchun 3 037 ta metallodetektor, 1 587 ta avtotransport, 7 881 ta aloqa vositalari va 267 bosh xizmat itlari ajratilgan.
«Bayram tadbirlari o‘tkaziladigan ob’yektlarda 2 107 ta videokuzatuv kameralari o‘rnatilib, shundan 452 tasi hududiy ichki ishlar organlariga integratsiya qilindi hamda onlayn nazorat o‘rnatildi.
Tadbir ob’yektlariga fuqarolarni olib borish uchun 440 ta transport vositalari ajratildi», – deydi IIV JXD axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonova.
Shuningdek, barcha ob’yektlar va ularning atrof-hududlarida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, avtomashinalar harakatini tartibga solish maqsadida 1 964 nafar YPX xodimlari xizmatga jalb etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter