Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mustaqil O‘zbekiston tarixida birinchi GES foydalanishga topshirildi

Mustaqil O‘zbekiston tarixida birinchi GES foydalanishga topshirildi

«Tuyabo‘g‘iz» kichik gidroelektr stansiyasi foydalanishga topshirildi. Bu haqda «Xalq so‘zi online» xabar berib o‘tdi.

Oxirgi o‘n yilda mamlakatimiz aholisining elektr energiyasiga bo‘lgan talabi qariyb o‘n barobar oshdi. Biroq mavjud quvvatlarning texnik jihatdan eskirgani, xususan, suv-energetika resurslaridan samarali foydalanilmagani oqibatida elektr tokiga ortib borayotgan ehtiyojni uzluksiz ta’minlashda muammolar yuzaga kelayotgan edi.

Ana shunday murakkab bir paytda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan «O‘zbekgidroenergo» AJ tashkil etilib, uning zimmasiga 2017-2021 yillar ichida 42 yangi GES bunyod etish, mavjudlarini modernizatsiya qilish vazifasi yuklatildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad 2025 yilgacha ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini 1,7 barobarga oshirib, aholi va tadbirkorlik sub’yektlari arzon va uzluksiz elektr yetkazib berishdir.

Tuyabo‘g‘iz suv ombori qoshidagi ushbu kichik GES bu borada ro‘yobga chiqarilgan dastlabki loyihadir. Qolaversa, u mustaqil O‘zbekiston tarixida foydalanishga topshirilgan birinchi GES ekanligi bilan alohida ahamiyatga ega.

— GES loyihaviy qiymati 15,8 million dollarga teng bo‘lib, shundan 8,1 million dollari XXR «Eksimbank» i tomonidan moliyalashtirildi, — deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan energetik Akrom Irgashev. — Tuyabo‘g‘iz suv ombori qoshidagi ushbu kichik GES o‘n to‘rt oy ichida qurib bitkazildi. Ilgari bunday inshoot barpo etish uchun kamida uch yil vaqt sarflanar edi.

Mutaxassislarning aytishicha, GESning umumiy quvvati 11,4 MVtga teng. Bu yiliga o‘rtacha 41,2 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 1 ming 600 ta xonadonning elektr tokiga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq ta’minlanadi, deganidir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring