Mushukning bo‘ynidan ip o‘tkazib sudragan yigitning otasi jazolandi
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida 12 yoshli yigit mushukning bo‘ynidan ip bilan bog‘lab sudragani videosi tarqaldi.
Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati bayonot bilan chiqqan.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu voqea 4-iyul kuni, soat 08:30 atrofida Ko‘kdala tumanining Xo‘jaobod MFYda sodir bo‘lgan. 16 yashar A.M. amakisining uyiga mehmonga borib, xonadon egasiga tegishli bo‘lgan mushukka nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilgan A.M. voyaga yetmagani sabab uning otasi H.A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan bayonnoma rasmiylashtirildi.
Avvalroq, Qashqadaryoda IIB JQB xodimi qo‘lga olingani xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter