«Muruntov» konida oltin qazib olishning beshinchi bosqichi boshlandi
Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Qizilqum kengliklaridagi eng yirik koni – «Muruntov»ning 570-gorizontida ilk portlatish ishlari amalga oshirildi, deb xabar berdi «O‘zA».
Qizilqumni o‘zlashtirish loyihasi boshlangandan buyon o‘tgan 50 yil mobaynida kondan 1,5 milliard kub metrdan ziyod tog‘ jinslari qazib olingan. Yangi bosqichning boshlanishi nodir metall – oltin zaxirasini yanada ko‘paytirishga xizmat qiladi.
«Muruntov»ning chuqurligi ayni paytda 565 metrga yetdi. Kondan yiliga 38,5 million tonna ruda qazib olinmoqda. 2026-yilga borib belgilangan loyihalar amalga oshirilgach, bu ko‘rsatkich 50 million tonnaga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter