Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Murod Xonto‘rayev yosh sportchilarga sovg‘a ulashdi

Murod Xonto‘rayev yosh sportchilarga sovg‘a ulashdi

Bugun, 5 mart – O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil topgan kun munosabati bilan Chirchiq shahrida joylashgan O‘zDJSTUda Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan yirik bayramona tadbir o‘tkazildi.

Xalqaro maydonlarda yurtimiz sha’nini munosib himoya qilib kelayotgan 23 nafar jahon va Osiyo chempionlariga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, Toshkent viloyati tumanlari o‘rtasida sportni keng targ‘ib etayotgan tuman sifatida Toshkent tumani e’tirof etilib, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i tomonidan 56 mln so‘mlik sport inventarlari bilan taqdirlandi.

Tadbir yakunida MMA bo‘yicha ko‘pkarra Osiyo chempioni «Osiyo ayig‘i» nomi bilan dunyoga mashhur bo‘lgan sportchimiz Murod Xonto‘rayev viloyatdagi 500 nafardan ortiq yosh sportchilarga viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan sovg‘larga o‘z dasxatini tushirgan holda taqdim etdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring