«Munosib mehnat uchun qiymat zanjirini rivojlantirish» mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi
«Munosib mehnat uchun qiymat zanjirini rivojlantirish» mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Toshkentdagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Institutida (TSMRI) Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) «Uchinchi tomon monitoringi» loyihasi doirasida talabalar va hodimlar uchun ikki kunlik seminar-trening tashkil etildi. Ushbu loyiha XMT, Jahon banki, Yevropa ittifoqi, AQSh hamda Shvetsariya tarafidan moliyalashtirilgan bo‘lib, u 2015-yildan buyon O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirib kelinadi.
«Munosib mehnat uchun qiymat zanjirini rivojlantirish» mavzusida o‘tgan seminarning birinchi kuni asosiy nazariyalarga va dunyodagi boshqa mamalakatlar tajribasini o‘rganishga bag‘ishlandi.
Seminarning ikkinchi kunida esa, qatnashuvchilar diqqat e’tiborini O‘zbekiston voqeliklariga qaratib, bir qator sohalar va bozor tahlili, mamlakatning pahta yetishtirish tarixi, buguni va kelajagi, shuningdek, O‘zbekistondagi munosib mehnat shart-sharoitlarining mavjudligi, bu boradagi kamchiliklar va imkoniyatlar kabi mavzularga misollarda to‘htaldilar.
Seminar-trening qatnashchilari TSMRI talabalari va hodimlari, hamda boshqa mahalliy oliy ta’lim muassasalari talabalaridan tashkil topdi.
«Xabar.uz» uchun maxsus intervyu berar ekan, loyiha bosh texnik maslahatchisi Yonas Astrup quyidagilarni aytib o‘tdi:
«Butun dunyodagi kompaniyalar qiymat nafaqat dollar kabi pul birligida, balki ijtimoiy kapital jihatidan ham baholanishini borgan sari tushunib borishmoqda. Bu narsa har qanday biznes uchun juda ham muhim bo‘lgan xodimlarning mamnuniyati, brendga sadoqat va jamoatchilik munosabatlari kabi omillarni yuzaga keltirishda yordam beradi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tekstil klasterlari o‘z mahsulotlarini eksport qilish maqsadida bir biznes o‘laroq ijtimoiy va mehnat masalalariga samarali e’tibor berishlari lozim. Bu kabi global savdo-sodiqda ishtirok etuvchi O‘zbekiston bizneslari yaqin kelajakda faqatgina ko‘payib borishi kutilmoqda va ularning bari halqaro munosib mehnat standartlaridan habardor bo‘lishlari va ularga rioya etishlari talab etiladi.
O‘zbekiston ’qiymat zanjiri’ bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilib borar ekan, mahalliy kompaniyalar korporativ ijtimoiy mas’uliyat’ borasida mijozlarning ishonch va umidlarini ro‘yobga chiqarishda salohiyat va bilimga ega ekanligi o‘ta muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi. Bu narsa Yevropa va Shimoliy Amerika bozorlariga kirib borish uchun zarurdir. O‘tkazilgan trening yuqorida aytib o‘tilgan ko‘nikmalarni shakllantirishga, bo‘lajak menejerlarimizga o‘zbek kompaniyalarini muvaffaqiyatli boshqarish va rivojlantirish imkoniyatlariga yordam beradi.»
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter