MUICning yangi rezidenti xorijga yarim million dollarlik AT-xizmatlarni eksport qiladi
Yana bir nechta kompaniya «Mirzo Ulugbek Innovation Center» (MUIC) rezidentiga aylangani haqida xabar bergan edik. Ular orasida «BeeLab» kompaniyasi («Beeline Uzbekistan»ning sho‘ba korxonasi) ham bor.
Mazkur kompaniya 2018-yilning o‘zida yarim milliard dollardan ziyod AT-xizmatlar va mahsulotlarini eksport qilishni rejalashtirgan. 1-apreldan boshlab kompaniya MUICning doimiy a’zoligi doirasida imtiyoz va afzalliklardan foydalana boshlaydi.
Ta’kidlash lozimki, «BeeLab» global AKT bozorida O‘zbekistonning mavqeini mustahkamlash uchun maxsus yaratilgan «Unitel» startapidir.
«BeeLab» bosh direktori Konstantin Pakning so‘zlariga ko‘ra, yangi kompaniya sinov va dasturiy ta’minotni qo‘llab-quvvatlash hamda Armaniston, Qozog‘iston va Rossiyaga eksport qilish uchun yangi funksiyalarni ishlab chiqish va monitoring qilish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi.
Ayni paytda kompaniya «VEON Ltd»ning «Evroosiyo» va «Rossiya» biznes-bo‘limlariga raqobatli sharoitlarda qisman xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Kelajakda kompaniya mamlakatlar ro‘yxatini va xizmatlar sonini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
MUIC rezidenti maqomi bizni rivojlanishga, eksportni jadal oshirishga ko‘proq sarmoya kiritish imkoniyatini beradi. Rezident sifatida biz katta imtiyozlarga ega bo‘lamiz. Bu rivojlanishga, sarmoya kiritishga va narxlarni ko‘tarmasdan ish o‘rinlarini yanada kengaytirishga imkon beradi. Hozir «BeeLab»da 80 kishi ishlaydi. Davlat tarafidan bunday qo‘llab-quvvatlash axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun muhim omil ekanligiga ishonaman.
Konstantin Pak.
— AT-xizmatlar va mahsulotlar eksporti markazimiz faoliyatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir, — dedi MUIC direktori Farhod Ibrohimov, — Biz eksport salohiyatini oshirishning ushbu ajoyib istiqbolini ko‘rib turganimiz bois, xorijiy investorlar, shuningdek yirik mahalliy vakolatxonalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni davom ettiramiz. Ishonchim komilki, mamlakatimizda yaratilgan shart-sharoitlar xorijiy kompaniyalarning raqobatbardosh ustunliklariga sezilarli darajada ta’sir qiladi va ularga AT-mahsulotlar va xizmatlarning eksport yo‘nalishlarini sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi. Biz uchun rezidentlar nafaqat imtiyoz va afzalliklardan foydalanishlari, balki ularning rivojlanishlari va O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritishlari muhimdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter