Muhtoj oilalarga pul tarqatilishi jarayonidagi hodisalar yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi
Hozirda ayrim saytlar hamda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq joylarda aholi qatlamlariga moddiy yordam puli ajratilishi jarayonida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilayotgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda, deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura tomonidan mazkur Farmon ijrosini to‘laqonli ta’minlash maqsadida maxsus shtab tuzilib, aniq tadbirlar belgilandi hamda hududiy prokurorlarga alohida topshiriqlar yuborilgan.
Prokuratura organlari tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, shu jumladan belgilangan pul mablag‘larining to‘liq va o‘z muddatida manzilli yetkazilishi alohida nazoratga olindi, qonunbuzilishi holatlari aniqlangan taqdirda qa’tiy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.
Agarda bunday holatlar kuzatilgan taqdirda fuqarolardan tegishli hudud prokuraturasiga murojaat qilish so‘raladi.
Murojaat uchun telefonlar:
- Andijon viloyat prokuraturasi – 74 227-1007
- Buxoro viloyat prokuraturasi – 65 221-1007
- Jizzax viloyat prokuraturasi – 72 226-1007
- Qashqadaryo viloyat prokuraturasi – 75 228-1007
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi – 61 222-1007
- Navoiy viloyat prokuraturasi – 79 210-1007
- Namangan viloyat prokuraturasi – 69 227-1007
- Samarqand viloyat prokuraturasi – 66 231-1007
- Sirdaryo viloyat prokuraturasi – 67 235-1007
- Surxondaryo viloyat prokuraturasi – 76 223-1007
- Toshkent shahar prokuraturasi – 71 202-1007
- Toshkent viloyat prokuraturasi – 71 230-1007
- Farg‘ona viloyat prokuraturasi – 73 244-1007
- Xorazm viloyat prokuraturasi – 62 226-1007
Prokuratura organlari har bir xabar yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishini ta’minlaydi va fuqarolarimizdan vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanmagan turli asossiz xabarlarga tayanmaslikni so‘ragan.
Bosh prokuratura aholi orasida yolg‘on, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan va vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish uchun jinoiy javobgarlik mavjudligini ham yana bir bor eslatib o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter