Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muftiy rossiyaliklarni ko‘proq farzand ko‘rishga chaqirdi

Muftiy rossiyaliklarni ko‘proq farzand ko‘rishga chaqirdi

Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi raisi o‘rinbosari Rushan Abbyasov «qashshoqlikdan qo‘rqmasdan» demografik holatni yaxshilash zarurligini aytdi.

Bu haqda u RIA «Novosti»ga ma’lum qildi.

Uning fikricha, bolalar tug‘ilishi bilan «Yaratgan oilaga ko‘proq inoyat beradi», shuning uchun odamlar oilaning ko‘payishi qashshoqlikka olib kelishidan qo‘rqmasligingiz kerak.

«Yangi farzandning paydo bo‘lishi bilan Rabbiy oilaga ko‘proq inoyat beradi, yangi imkoniyatlar ochadi va bu Uning odamlarga cheksiz mehr-shafqatining namoyon bo‘lishidan biridir», dedi u.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda Rossiyada aholi kamayishi tendensiyasi kuchaymoqda. 

Jumladan, Rossiya rahbari matbuot kotibi bu og‘ir ahvol deya ta’kidlagandi. 

2022-yil iyun oyida Putin ham Rossiya o‘ta og‘ir demografik vaziyatni boshidan kechirayotganini aytgandi. Unga ko‘ra, 2022-yil aprel oyida Rossiyada 100 mingdan kam bola tug‘ilgan, bu 2020-yil apreliga nisbatan deyarli 13 foizga kam.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring