Mudofaa vaziri matbuot kotibi o‘zgardi
Mudofaa vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Yuldashev Otabek Alimovich mudofaa vazirining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Polkovnik Zulfiqorov Bahrom Biloliddinovich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan mudofaa vazirining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter