Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi tegishli qarori bilan Jamol Tursunov Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari – Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Jamol Tursunov Mudofaa vazirligi markaziy apparati Bosh boshqarmasida boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Jamol Tursunov 1981-yili Samarqand shahrida tug‘ilgan. 2002-yilda Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondon-muhandislik bilim yurtini, 2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasini tamomlagan.
Xizmat faoliyatini 2002-yilda Mudofaa vazirligining Toshkent garnizonida joylashgan harbiy qismida texnik bo‘lim boshlig‘i lavozimidan boshlagan. 2019 yilga qadar Mudofaa vazirligi tizimida, jumladan bosh muhandis, xizmat, bo‘lim va boshqarma boshlig‘i lavozimlarida xizmat qilib, yetarli malaka va tajriba to‘plagan. 2019-2020-yillarda vazirlik markaziy apparati bosh boshqarmasi boshqarma boshlig‘i bo‘lgan. 1-toifali harbiy mutaxassis.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter