Muddatli harbiy xizmat bo‘yicha qaror Prezident tomonidan imzolandi
«O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–4987-son, 11.02.2021-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekistonning chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2021 yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.
Harbiy xizmatga yaroqli, muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq ushbu chaqiruv davrida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi.
Shuningdek, muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilar 2021 yilning mart-aprel oylarida Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter