Muddatidan oldin ovoz berish boshlandi
Bugun soat 9:00 dan respublika bo‘ylab saylov uchastkalari muddatidan oldin ovoz berish uchun ochildi.
Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish kunlari soat 11:00 dan soat 17:00 ga qadar amalga oshiriladi.
Muddatidan oldin ovoz beruvchi saylovchilar ushbu havola orqali saylov uchastkasini aniqlab olishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter