Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» anomal sovuq kunlari konlarda tabiiy gaz qazib chiqarish holatini o‘rganish uchun Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida bo‘ldi

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» anomal sovuq kunlari konlarda tabiiy gaz qazib chiqarish holatini o‘rganish uchun Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida bo‘ldi

2023-yil 9-14-yanvar kunlari Respublikamiz bo‘ylab kuzatilayotgan anomal sovuq kunlari aholi va iste’molchilarga tabiiy gaz hamda suyultirilgan gaz yetkazib berishning barqarorligini ta’minlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishish maqsadida, «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi «Ishchi guruh» Qashqadaryo viloyatida bo‘ldi.

«O‘zbekneftgaz» AJga qarashli Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida quduqlarini burg‘ilash, kapital ta’mirlash va texnologik ob’yektlarni ishga tushirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar hamda amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi holati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Dastlab, «Ishchi guruh» a’zolari 11 yanvar kuni boshqarmada avariyali to‘xtalishi yuz bergan «Zevarda» va «Dengizko‘l» siquv kompressor stansiyalari 2-navbatlarida bo‘lishib, u yerda gaz haydash agregatlarini  ishga qo‘shish hamda gaz qazib chiqarishni to‘liq qayta tiklash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Boshqarma rahbariyati va mutaxassislar bilan siquv kompressor stansiyalarining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha mavjud muammolar tahlil qilinib, zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Shundan so‘ng Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolari «Yangi Alat», «Oltinko‘l», «Yangi Tegirmon» kabi istiqbolli maydonlarida olib borilayotgan geologik-qidiruv ishlari bilan tanishdi.

Xususan, «Yangi Alat» maydoni 4-, 5- sonli, «Oltinko‘l» maydoni 1-sonli va «Tegirmon» koni 6-sonli quduqlarda olib borilayotgan burg‘ilash jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Burg‘ilash ish maydonlarida sovuq kunlarda faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlarning yashash, ishlash sharoitlari ham o‘rganildi. Sovuq ob-havo sharoitida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarga zarur shart-sharoitlar yaratish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida uglevodorodlar qazib chiqarish bo‘yicha 2023 yil yanvar oyida amalga oshiriladigan ishlar muhokamasi o‘tkazildi va belgilangan reja ko‘rsatkichlarini bajarilishini ta’minlash uchun oy oxiri bilan 4 ta quduqlarni ishga tushirish, 2 ta quduqlarda mukammal ta’mirlash ishlarini bajarish tadbirlarini jadallashtirish bo‘yicha alohida ko‘rsatmalar berildi.

Boshqarma bo‘yicha 2023 yilda geologik texnik tadbirlar doirasida jami 42 ta quduqlarni burg‘ilashdan ishga tushirish, 245 ta quduqlarda ta’mirlash va intensifikatsiya ishlari bajarish hamda 8 ta texnologik ob’yektlarni ishga tushirish rejalashtirilib olindi.

Tadbirlar hisobidan 2023 yilda qo‘shimcha 1 630,6 mln. kub metr gaz va 14,3 ming tonna syuq uglevodorodlarni  qazib olishga erishish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolarining tabiiy gaz konlari va quduqlari hamda ishlab chiqarish zavodlaridagi o‘rganish ishlari davom etadi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring