Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MRB direktori Kiyevga yashirincha keldi. U Zelenskiyga Rossiyaning harbiy rejalarini oshkor qilgan

MRB direktori Kiyevga yashirincha keldi. U Zelenskiyga Rossiyaning harbiy rejalarini oshkor qilgan

O‘tgan hafta oxirida AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns Kiyevga yashirincha tashrif buyurdi va u yerda prezident Vladimir Zelenskiy hamda Ukraina razvedka xizmati vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda The Washington Post o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Nashrning yozishicha, uchrashuv chog‘ida Berns Zelenskiyga Rossiyaning «yaqin haftalar va oylardagi harbiy rejalari» haqidagi taxminlarini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oxirida AQSh prezidenti Jo Bayden 2023 moliya yili uchun 1,7 trillion dollarlik budjet loyihasini imzoladi. Uning 44,9 milliard dollari Ukraina va NATO davlatlariga yordam berish uchun ajratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring