Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mototurizm. Toshkentda baykerlar «yurishi» bo‘lib o‘tadi

Mototurizm. Toshkentda baykerlar «yurishi» bo‘lib o‘tadi

Foto: «Uzbektourism.uz»

O‘zbekistonda motomavsum 7 aprel kuni ochiladi. Bu haqida Davlat turizm qo‘mitasi xabar berib o‘tdi.

Shu kuni «Anhor-Lokomotiv» bog‘ida «Toshkentning 21 kilometri» nomi ostida navbatdagi hayriya yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir O‘zbekistonda motomavsum ochilishi munosabati bilan tashkil etilmoqda.

Tadbirdan maqsad — mamlakatimizda ekstremal turizmni rivojlantirish va O‘zbekiston nomini dunyo arenalarida yana-da taratish.

«Mototurizm» hayriya aksiyasida Rossiya va Markaziy Osiyodagi qo‘shni mamlakatlardan baykerlar ishtirok etadi. Tadbir shahar bo‘ylab mototsikllar kolonnasining yurishi bilan boshlanadi.

«Toshkentning 21 kilometri» tadbiri O‘zbekiston ekstremal va tog‘ turizmi federatsiyasi, Toshkent shahar hokimiyati va Toshkent shahar turizmni rivojlantirish Departamenti hamkorligida tashkil etilmoqda.

Tadbir doirasida poytaxtimiz ahli va mehmonlari turli mototsikllarni ko‘rishi va ijodiy guruhlarning chiqishlarini tomosha qilishlari mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring