Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvaga dronlar hujum qildi

Moskvaga dronlar hujum qildi

Bugun, 24 iyul kuni tongda Moskvaga dronlar hujum qildi.

«Ertalab soat to‘rtda ikkita noturar joy binosiga drondan zarba berildi. Jiddiy vayronagarchilik va qurbonlar yo‘q. Barcha tezkor xizmatlar voqea joyida ishlamoqda», — dedi Moskva meri Sergey Sobyanin.

Birinchi dron Komsomolskiy prospektidagi binoga borib urilgan.

Ikkinchi dron esa Lixachev prospektidagi biznes markazi binosida portlagan.

Rossiya Mudofaa vazirligi ushbu holatni Ukraina tomonidan «terrorchilik hujumi» sifatida qayd etdi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, ikkita dron hujumidan hech kim jabrlanmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring