Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvadagi terakt qurbonlari soni 150 nafarga yetdi

Moskvadagi terakt qurbonlari soni 150 nafarga yetdi

Moskvadagi Krokus Siti Xoll konsert zaliga uyushtirilgan qurolli hujum qurbonlari soni 150 nafarga yetdi.

Bu raqamlar yana oshishi mumkinligi aytilmoqda.

Mamlakat Tergov qo‘mitasi terakt sodir bo‘lgan joyda, favqulodda xizmatlar vayronalarni tozalash vaqtida yana ayrimlarning jasadlari topilgani haqida xabar bergan.

Moskva oblasti meri Yuriy Vorobyov ayni paytda Moskva shahri va Moskva viloyatidagi shifoxonalarga 120 nafar jabrlanganlar borligini aytdi.

«Aksariyatining ahvoli og‘ir. Shifokorlar harakat qilishyapti», – deydi Vorobyov.

Hozirda Moskva shahri va Moskva viloyati ma’muriyati jabrlanganlar va ularning oila a’zolariga 500 mingdan 3 mln rublgacha kopmensatsiya to‘lab berilishini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring