Moskvada «sariq» darajali xavf e’lon qilindi
![Moskvada «sariq» darajali xavf e’lon qilindi](https://static.xabaruz.com/crop/2/1/720_460_95_2113283053.jpg)
Rossiya gidrometmarkazi moskvaliklarni 26-aprel kuni ob-havoning yomonlashishidan ogohlantirdi. Poytaxt va unga yaqin viloyatlarda xavfning «sariq» darajasi e’lon qilindi. Shaharda kuchli shamol turishi va yomg‘ir yog‘ishi aytilgan.
Bu haqda «Gazeta.ru» xabar qilmoqda. Ma’lumotga ko‘ra, oylik normaning oltidan bir qismi yog‘ishi kutilmoqda.
21-aprel kuni kuchli shamol oqibatida Moskvada 12 yoshli qiz halok bo‘lgan, 17 kishi jarohatlangan edi. Keyinroq jarohat olgan ayollardan biri ham shifoxonada vafot etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter