Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvada qulagan daraxt bir inson umriga zomin bo‘ldi

Moskvada qulagan daraxt bir inson umriga zomin bo‘ldi

Foto: «RIA Novosti»

Moskva sharqida kuchli shamol tufayli ustiga daraxt qulab tushishi natijasida mashina haydovchisi hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berdi «RIA Novosti».

«1-Myasnikov ko‘chasi 20-uy yaqinidan o‘tib ketayotgan yengil avtomobil ustiga daraxt qulab tushdi. Haydovchi halok bo‘ldi», — deydi shoshilinch yordam ko‘rsatish xizmati xodimi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng boshqaruvni yo‘qotgan mashina yana ikkita avtomobilga shikast yetkazgan.

Payshanba kunidan beri Moskva va Rossiyaning bir qancha hududlarida soniyasiga 25 metrni tashkil etuvchi kuchli shamol kuzatilmoqda. Poytaxt bo‘rondan ogohlantirilmoqda, ishlarni tartibga solish uchun operativ shtab tashkil etilgan.

Moskva atrofida kuchli shamol o‘nlab daraxtlarni yiqitib, 19 ta mashinaga zarar yetkazishga ulgurdi. Viloyatda shikastlanganlar haqida xabar yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring