Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvada o‘zbekistonliklar o‘rtasidagi ommaviy mushtlashuvda ikki kishi vafot etdi

Moskvada o‘zbekistonliklar o‘rtasidagi ommaviy mushtlashuvda ikki kishi vafot etdi

Foto: RIA «Novosti»

Bugun Moskva shahrining janubi-sharqiy qismida 10 kishi ishtirokida mushtlashuv bo‘lgan, ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari ekani ma’lum qilingan. TASSning yozishicha, janjal mushtlashuv ishtirokchilaridan birining ukasini haqorat qilishdan kelib chiqqan.

Mushtlashuv sababli  2 kishi halok bo‘lgan.  Yana bir kishi jarohat olgan.

Moskvadagi huquqni muhofaza qilish organi vakili Yuliya Ivanova ma’lumotiga ko‘ra, 1989-yilda tug‘ilgan shaxs shifoxonaga yetmasdan vafot etgan, ikkinchisi esa shifoxonada jon bergan. Ushbu hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Halok bo‘lganlarning shaxsi haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring