Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskva sudi Jirinovskiyning nikohsiz o‘g‘lini tan oldi

Moskva sudi Jirinovskiyning nikohsiz o‘g‘lini tan oldi

Moskva sudi Oleg Eydelshteynni Vladimir Jirinovskiyning o‘g‘li deb tan oldi.

O‘tgan yozda Vladimir Jirinovskiyning nikohsiz o‘g‘li Oleg Eydelshteyn Moskva sudiga meros uchun otalikni tan olishni talab qilib murojaat qilgan.

Sud marhum LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiyning o‘g‘li Oleg Eydelshteynning da’vosini qanoatlantirdi.

Oleg Eydelshteyn 1986 yilda tug‘ilgan, onasi Shimoliy Osetiyalik Janna Gazdarova. «Komsomolskaya pravda» gazetasi Jirinovskiy u bilan Kubada uchrashganini, u yerda xizmat safarida bo‘lganini yozgan. LDPR rahbari o‘z o‘g‘lini 2017 yilda Shimoliy Osetiyadagi parlament saylovlaridan biroz oldin jamoatchilikka tanishtirgan, keyin Eydelshteyn partiya ro‘yxatini boshqargan. «Uning men bilan aloqasi borligini bilsangiz kerak – o‘g‘lim. Men sizning respublikangiz bilan qarindosh bo‘lib qolgan yagona partiya rahbariman», — degan Jirinovskiy.

2008 yilda Eydelshteyn «Rusekogarant» kompaniyasiga asos solgan, 2019 yilda esa «MSP Bank» boshqaruvi raisining maslahatchisi lavozimida ishlagan.

Jirinovskiyning shu vaqtga qadar 1972 yilda tug‘ilgan Igor Lebedev ismli qonuniy farzandi, shuningdek, 1983 yilda tug‘ilgan Anastasiya Botsan-Xarchenko ismli nikohsiz qizi borligi ma’lum edi. Siyosatchi 2022 yilning 6 aprelida, 75 yoshida vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring