Moratoriy davrida noqonuniy daraxt kesganlik uchun jarimalar 5 baravar ko‘p undiriladi
Moratoriy davrida daraxtlarni shikastlantirish bilan yetkazilgan zarar 2 baravarga qilib undiriladi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, daraxtlar va butalarni kesishga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirilgan.
Moratoriy davrida amaldagi cheklov va majburiyatlar bilan birga qo‘shimcha ravishda huquqbuzarlarga:
- moratoriy talablarini buzganlik uchun ma’muriy jarimalar miqdori 5 baravarga;
- daraxtlar va butalarni kesish va shikastlantirish bilan yetkazilgan zarar uchun undirish summalari 2 baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi.
Daraxtlar va butalarni kesish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki yo‘q qilishni nazarda tutuvchi ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan hukumat farmoyishlari, bayonnomalar, yozma topshiriqlar, idoraviy hujjatlar, hokimlarning ko‘rsatmalari va qarorlarini qabul qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter