Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Montajchi Ukraina bayrog‘i qo‘yilganini xato deb o‘ylagan – «Yoshlar» telekanali

Montajchi Ukraina bayrog‘i qo‘yilganini xato deb o‘ylagan – «Yoshlar» telekanali

Bir muddat oldin «Yoshlar» telekanali «Yangi Davr» dasturida efirga uzatilgan futbol yangiligida Ukrainaning bayrog‘i xiralashtirib qo‘yilgani va buning ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingani haqida xabar berilgan edi. 

Telekanal ma’muriyati mazkur holat yuzasidan tushuntirish berdi.

Unga ko‘ra, futbol bo‘yicha Ispaniya chempionati doirasidagi o‘yinlar 26-avgustdan boshlab «Yoshlar» telekanali orqali jonli efirga uzatib kelinmoqda va bahslar namoyishi davomida kadrlarga hech qanday qo‘shimcha effektlar qo‘llanilmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha esa «Yangi Davr» informatsion dasturining sport xabarlari bo‘limidan olingan. Bu holat yuzaga kelishi sabablari aniqlashtirilganda, lavhani tayyorlagan montajchi «Real Madrid» jamoasi o‘ynayotgan futbolda Ispaniya bayrog‘i o‘rniga Ukraina bayrog‘i xato qo‘yilgan deb o‘ylab, bu «xatolik»ni o‘zboshimchalik bilan to‘g‘rilamoqchi bo‘lgani va shu maqsadda berkitgani ma’lum bo‘ldi.

Bosh muharrir esa ko‘rik paytida bu holatga e’tibor bermay, lavhani efirga uzatishga ruxsat bergan.

«Bu bo‘yicha aybdorlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi. Yuzaga kelgan vaziyat uchun uzr so‘raymiz va ushbu holatga siyosiy tus bermaslikni iltimos qilamiz.

Futbol namoyishini telekanalimiz orqali kuzatayotgan va kamchiliklarimizga befarq bo‘lmagan barchaga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz», – deyiladi telekanal ma’muriyati munosabatida.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring