Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Monopoliyaga oid 2 ta qonun birlashtiriladi

Monopoliyaga oid 2 ta qonun birlashtiriladi

«Raqobat to‘g‘risida»gi va «Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida»gi qonunlar birlashtiriladi. Bu orqali iqtisodiy munosabatlarda erkin bozor tamoyillarini joriy etishni kengaytirish nazarda tutilmoqda.

Qonunlarni birlashtirish orqali:

  • davlatning tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etish hollari va unga nisbatan monopoliyaga qarshi talablarni belgilash;
  • tabiiy monopoliya holatini aniqlash bo‘yicha huquqiy instrumentlarni kengaytirish;
  • bozordagi ustunlik mavqeini aniqlash mezonlarini takomillashtirish;
  • davlat ko‘magi (imtiyoz va preferensiyalar) shakllari va ularni taqdim etishga nisbatan monopoliyaga qarshi talablarni belgilash;
  • auksion (birja) savdolarida manipulyasiyalarning mezonlarini va javobgarlikni kuchaytirish;
  • raqobatni cheklash holatlari uchun javobgarlikni kuchaytirish ko‘zda tuttilmoqda.

Davlat dasturiga ko‘ra, bu haqdagi qonun loyihasi 2022 yil sentyabrga qadar tayyor bo‘lishi kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring