Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moldova Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 80 foiziga qo‘shildi

Moldova Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 80 foiziga qo‘shildi

Moldova Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi ko‘plab sanksiyalariga qo‘shildi. Bu haqda Moldova bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Mixay Popshoy RTVi telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Men sizga qancha paketligini aytmayman, chunki bizning hisobimiz biroz boshqacha. Bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, Moldova sanksiyalarning taxminan 80 foiziga qo‘shilgan», — dedi vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moldova qo‘shilgan cheklovlarga shaxsiy cheklovlar ham, iqtisodiy choralar ham kiradi.

Avvalroq respublika bosh vaziri Dorian Risyan Rossiyaga tashrif buyurgan Moldova siyosatchilari jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligini aytgan edi. Mart oyida mamlakatga Gagauz muxtoriyati rahbari Evgeniya Gutsul keldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Moldovaga borgan Tatariston rahbari Rustam Minnixanov mamlakatga kiritilmagandi. 

Rossiya va Moldova munosabatlari Mayya Sandu hokimiyatga kelganidan so‘ng yomonlasha boshladi. Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan so‘ng, diplomatik aloqalar deyarli falaj holatga kelib qoldi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring