Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moldova prezidenti BMT minbarida turib Rossiya qo‘shini Dnestrbo‘yidan olib chiqilishini talab qildi (video)

Moldova prezidenti BMT minbarida turib Rossiya qo‘shini Dnestrbo‘yidan olib chiqilishini talab qildi (video)

Foto: Noi.md

Moldova prezidenti Mayya Sandu BMT Bosh assmbleyasi sho‘’ba yig‘ilishi arafasida nutq so‘zladi.

U Dnestrbo‘yidan rus qo‘shini olib chiqib ketilishini talab qildi, qolaversa, qochoqlar inqirozi, energetika muammosi, Ukrainadagi urushning Moldova uchun salbiy oqibatlari kabi masalalarni ko‘tardi.

«Men tinchliksevar mamlakat nomidan gapiryapman. Qaysi tilda gaplashishi, siyosiy qarashlari, qayerda — Dnestrning chap yoki o‘ng qirg‘og‘ida yashashidan qat’i nazar, tinchlikni istovchi Moldova fuqarolari nomidan gapiryapman. Biz yarim milliondan ziyod qochqinlarga boshpana berdik. Qoch-qochlar avjiga chiqqan pallada aholimiz soni 8 foizga oshdi. Qariyb 80 ming nafar qochqin mamlakatimizda qolishni istashdi. Cheksiz birdamlikni namoyon etgan moldovan oilalariga ehtiromimni bildiraman. O‘z xalqim bilan faxrlanaman», — deya ta’kidladi Sandu.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring