Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moldova poytaxti aeroportida otishma yuz berdi, qurbonlar bor

Moldova poytaxti aeroportida otishma yuz berdi, qurbonlar bor

Moldova poytaxti Kishinyov shahri aeroportida noma’lum kishi otishma uyushtirdi. 

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchilar binodan evakuatsiya qilindi, aeroportdan parvozlar kechiktirildi.

Hodisa oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, otishma mamlakatga kirishi taqiqlangan xorijlik tomonidan sodir etilgan.

Mahalliy matbuotning yozishicha, u Turkiyadan uchib kelgan. Jinoyatchi chegarachilardan birining qurolini tortib olgan, qurbonlar biri aynan shu chegarachi ekani aytilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring