«Moderna» 400 ming doza COVID-19 vaksinasini yo‘q qildi
«Moderna» kompaniyasi ishlab chiqarishda kelib chiqqan muammo tufayli 400 ming doza koronavirus vaksinasini yo‘q qilishga majbur bo‘ldi. Bu haqda AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining vaksinalar bo‘yicha maslahatchisi Monsef Slauiga tayanib Blumberg agentligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, «filtrlash» bilan bog‘liq muammo ishlab chiqarishning so‘nggi bosqichida yuz bergan.
Shunday bo‘lishiga qaramay, kompaniya vakili Rey Jordanning so‘zlariga ko‘ra, «Moderna» bu oyda rejalashtirilgan 20 million doza hamda 2021-yilning birinchi choragida AQSh uchun 85 — 100 million doza vaksina ishlab chiqarishga qodir.
Slauining ta’kidlashicha, vaksina ishlab chiqarish murakkab jarayon bo‘lgani uchun bunday muammolar uchrab turishi tabiiy hol.
Avvalroq ekspertlar qo‘mitasi FDA tibbiy regulyatoriga AQShda COVID-19ga qarshi «Moderna» vaksinasini qo‘llashni tavsiya qilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter