Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi

Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi

Mobiuz «Faxrli inson» fondi va Respublika qon quyish markazi bilan hamkorlikda xodimlar orasida «Donorlar kuni»ni o‘tkazdi.

Qurbon hayiti va Xalqaro bolalarni himoya qilish bayrami qutlug‘ kunlarida Mobiuz jamoasi g‘amxo‘rlik shunchaki kompaniya falsafasidagi so‘z emasligini yana bir bor isbotladi. Bu insonlar qalbida ildiz otadigan va ayniqsa ehtiyojmandlarga haqiqiy naf keltiradigan amallardir.

Mobiuz markaziy ofisida «Donorlar kuni» tadbirida kompaniyaning 40 dan ortiq xodimi ishtirok etdi. Ularning bag‘rikengligi tufayli bolajonlarga sog‘ayish, kelajak va hayot uchun imkoniyat had’ya etishga qaror qilgan

Har bir qon topshirish Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy markazida og‘ir kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga bevosita yordam berdi. Har bir probirka ortida tarix, hamdardlik va ishonch yotibdi. Donor o‘zi yordam bergan bolalarni ko‘rmasa-da, qayerdadir yana bir tabassum porlashini aniq biladi. Bu hech qanday texnologiya o‘rnini bosa olmaydigan ko‘zga ko‘rinmas aloqadir.

Biroq ezgu ishlar shu bilan tugamadi. Birdamlik kuchi yana bir tashabbusda namoyon bo‘ldi - kompaniya ko‘ngillilari tomonidan rasm chizish, yozish va ijod qilish uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar bilan to‘ldirilgan 80 ta kanselyariya tovarlari to‘plami tayyorlandi va manzilli tarzda yetkazib berildi. Davolanayotgan bola uchun bu shunchaki sovg‘a emas, balki chalg‘ish, xayol surish, o‘zini oddiy boladek his qilish imkoniyatidir.

Mobiuz ko‘ngillilari yagona jamoaga birlashib, iliqlik va umidga to‘la muhit yaratdilar. Bu oddiy ish kuni emas, texnologiyalar bir qadam orqaga chekinib, insoniy munosabat birinchi o‘ringa chiqqan kun bo‘ldi.

Kompaniya uyali aloqani rivojlantirmoqda, yangi tarmoqlarni qurmoqda, raqamli mahsulotlarni joriy etmoqda, ammo yonma-yon bo‘lish, insonparvarlik va foydalilik tuyg‘ularisiz bularning barchasi ma’nosiz bo‘lardi. Donorlar kuni yangi ezgu ishlar uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring