Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mobiuz ijtimoiy tarmoqlar uchun cheksiz internetni ishga tushirdi

Mobiuz ijtimoiy tarmoqlar uchun cheksiz internetni ishga tushirdi

Abonentlar jismoniy shaxslar uchun tarif rejalarida 10 000 so‘mdan 20 000 so‘mgacha bo‘lgan xizmatni yoqib, ijtimoiy tarmoqlardan cheksiz ravishda foydalanishlari mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar hayotimizga tobora ko‘proq kirib borishda davom etmoqda. Yangiliklar, muhokamalar, muloqot, ish bo‘yicha va shaxsiy masalalarni hal qilish, fotosuratlar va videolar almashish – bu va yana ko‘plar jarayonlar ijtimoiy tarmoqlarga bog‘langan. Shunday ekan, abonentlar orasida internet-trafikga talab ortib bormoqda.

«Videoni yuborish uchun megabaytim yetarmikan?» degan savol Mobiuz abonentlari uchun o‘tmishda qolmoqda. Kompaniya ijtimoiy tarmoqlar uchun cheksiz internet xizmatini bir qancha variantini ishga tushirdi. Har kim o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, o‘zi uchun foydali yechim topishi mumkin.

Xizmatning 5 ta varianti mavjud:

Cheksiz «Ijtimoiy tarmoqlar» (Instagram, Facebook, Facebook Messenger, VKontakte, Odnoklassniki) – oyiga 10 ming so‘m.

Cheksiz «Messenjerlar» (Telegram, WhatsApp, Viber) – oyiga 10 ming so‘m.

Cheksiz «Biznes» (Skype, Zoom, LinkedIn) – oyiga 12 ming so‘m.

Cheksiz «Youtube» – oyiga 12 ming so‘m.

Cheksiz «Premium» (yuqoridagi barcha ijtimoiy tarmoqlarni o‘z ichiga oladi) – oyiga 20 ming so‘m.

Xizmatni Mobiuz mobil ilovasida yoqish mumkin. Abonent bir vaqtning o‘zida bir yoki bir nechta variantni ulashi mumkin, internet tezligi ham cheklanmaydi.

Yana bir qulaylik shundaki, agar abonentning balansida ikkinchi va keyingi oylarda xizmat haqini to‘lash uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, xizmat kunlik tartibda ishlashi mumkin. Oylik tartibga qaytish uchun balansni kerakli summaga to‘ldirish kifoya.

«Cheksiz ijtimoiy tarmoqlar bilan bir qatorda bizda istalgan maqsadlar uchun «Kunlik cheksiz internet» xizmati amal qilmoqda. Bunday xizmatlarni joriy etilishi kompaniyamiz uchun abonentlarning cheksiz muloqotga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq qondirish yo‘lidagi jiddiy qadamdir», — deydi Mobiuz Bosh direktorining marketing va savdolar bo‘yicha o‘rinbosari Lola Filatova.

Cheksiz internet xizmatlari Mobiuz uyali aloqa tarmoqlarini keng miqyosda modernizatsiya qilish bilan bir vaqtda joriy etilmoqda. 2021-yildan buyon mobil aloqa operatori umumiy qiymati 150 million AQSh dollari bo‘lgan aloqani rivojlantirish bo‘yicha yirik investitsiya loyihasini amalga oshirmoqda. Kuni kecha esa kompaniya yaqin yillarda yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha umumiy qiymati 100 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan navbatdagi hujjatlarni Xitoy kompaniyalari bilan imzoladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring