Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MNP bu nima?

MNP bu nima?

Bu telefon raqamini (operator kodini) saqlagan holda mobil raqamni boshqa mobil aloqa operatoriga o‘tkazish xizmati. 
MNP nima uchun kerak?
Agar Siz foydalanayotgan mobil aloqa operatorining tarif rejalari va narxlaridan qoniqmasangiz, shuningdek mobil aloqa sifatidan norozi bo‘lsangiz, u holda Siz MNP xizmatidan foydalangan holda boshqa o‘zingizga qulay bo‘lgan mobil aloqa operatoriga o‘tishingiz mumkin, bunda Siz o‘z raqamingizni yo‘qotmaysiz.
Avvallari operatorni almashtirish uchun raqamni o‘zgartirish, barcha tanishlarni xabardor qilish kerak edi. Endi hammasi oddiy: mobil operatorni almashtirish uchun ariza topshirish va yangi mobil operatori tarmog‘ida o‘z raqamingizdan foydalaning!!!
Raqamingizni qanday ko‘chirish mumkin?
Raqamni ko‘chirish tartibini amalga oshirish uchun Sizga ma’qul bo‘lgan mobil aloqa operatoriga ariza berish kifoya.
Arizani my.gov.uz portali orqali onlayn yoki mobil aloqa operatorlari ofislariga tashrif buyurgan holda berishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring