Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MMFIga kirish imtihonlari qanday tartibda olinishi ma’lum qilindi (foto)

MMFIga kirish imtihonlari qanday tartibda olinishi ma’lum qilindi (foto)

Toshkent shahridagi MMFI Milliy tadqiqot yadro universitetiga o‘tgan yili 100 nafar talaba o‘qishga qabul qilingan edi. Mazkur yilda 731 abituriyent oliygohga kirish istagini bildirdi. Hujjatlarni qabul qilish karantin talablariga rioya qilgan holda masofadan amalga oshirildi.

Bugun boshlangan kirish imtihonlari O‘zbekiston Milliy universiteti hududida bo‘lib o‘tmoqda. Imtihon jarayoni 29 avgustga qadar davom etadi. Har bir imtihon yozma ravishda olinib, bilimlar saviyasi 100 balli tizimda baholab boriladi. Har bir imtihon uchun 40 balli quyi chegara belgilangan bo‘lib, undan past baho olganlar keyingi sinovga qo‘yilmaydi.

Kirish imtihoni natijalari oliygoh saytida e’lon qilib boriladi. Eng ko‘p ballni qo‘lga kiritgan 100 nafar abituriyent talabalikka qabul qilinadi. Uzrli sababga ko‘ra kirish imtihoniga kela olmagan abituriyentlar kechikish sababini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holatda zaxira kunida (29 avgust) sinovdan o‘tish imkoniyatiga ega. Zaxira kunida faqat bitta imtihon topshiriladi.

MMFI MTYaU muhandislik-fizika sohasida dunyoning eng salohiyatli universitetlaridan biri hisoblanib, eng kuchli 100 ta oliygoh qatorida tan olingan. BRICS universitetlari reytingida 30-o‘rinda, Yevroosiyo universitetlari reytingida esa 8-o‘rinda qayd etilgan.

Universitetning Toshkent shahar filialida darslar Moskvadagi bosh universitet o‘quv dasturi bo‘yicha olib boriladi. Dars berishga O‘zbekiston va Rossiyaning malakali professor o‘qituvchilari jalb etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring