MMA kurashchisi koronavirusga chalingan bemorlarni ko‘tarib shug‘ullanmoqda (Video)
Serbiyalik aralash jang san’ati kurashchisi (MMA) Yusuf Xayrovich mashq qilishning antiqa usulini o‘ylab topdi. Novi-Pazar shahridagi shifoxonalardan birida koronavirusga chalingan bemorlar yotgan karavotni ko‘tarib mashq qilgan. Video «Instagram»dagi «Megdan.fighting» sahifasiga joylangan.
Sportchining o‘zi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgach, shifoxonaga yotqizilgan. Rolikda aytilishicha, serbiyalik o‘zini juda yaxshi his qilmoqda, yaqin orada koronavirusni nokautga uchratmoqchi.
Serbiyalik sportchi professional darajada 26 ta jang o‘tkazib, 13 marta g‘alaba qozongan va 11 marta mag‘lub bo‘lgan. Janglardan biri durang tugagan bo‘lsa, yana biri o‘tkazilmagan deb tan olingan.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter