Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Miya uchun eng foydali va eng zararli yeguliklar aniqlandi

Miya uchun eng foydali va eng zararli yeguliklar aniqlandi

Foto: Vlad KOMYaKOV

Ekspertlarning fikricha, ayrim mahsulotlarni iste’mol qilish miya faoliyatini yaxshilasa, ba’zilari zarar yetkazadi. Bu haqda «KP» xabar berdi.

Tadqiqot chog‘ida ekspertlar mahsulotlarni uch toifaga ajratishdi:

1) taomnomaga qo‘shish tavsiya etiladigan;

2) iste’mol qilsa bo‘laveradigan;

3) taqiqlanadigan mahsulotlar.

Birinchi guruhga ekspertlar rezavorlar, yong‘oqlar, baliq va boshqa dengiz mahsulotlari, zaytun yog‘i va sarxil sabzavot, xususan, bargli ko‘katlarni kiritishdi.

Olimlar bu mahsulotlarni tez-tez iste’mol qilishni maslahat berishdi. Tarkibida vitamin va mikroelementlar ko‘pligi bois miyaga ijobiy ta’siri katta.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, taomnomaga mevalar, yog‘siz sut mahsulotlari, parranda go‘shti, donli mahsulotlarni kiritish kerak.

Mutaxassislar (nafaqat miyaga, balki butun organizmga) zararli taomlar sirasiga qovurilgan yeguliklar, tuz, qizil go‘sht, yog‘i olinmagan sut va yarim tayyor mahsulotlarni kiritishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring