O‘zbekistonga C gepatitiga qarshi dorilarning yana bir partiyasi keltirildi
Joriy yilning 6-may kuni Misr hukumati O‘zbekiston shifoxonalarida foydalanish uchun insonparvarlik yordami sifatida jo‘natgan С gepatitiga qarshi «Daklatasvir» va «Sofosbuvir» dori vositasining ikkinchi partiyasi Toshkentga keltirildi.
Umumiy qiymati 62 ming AQSh dollarini tashkil etgan 7,7 ming dan ortiq mazkur dori vositalari SSV huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu insonparvarlik yukining 35 ming AQSh dollarini tashkil etgan 17 ming qutidan ortiq dori vositalaridan iborat dastlabki partiyasi joriy yil 29-aprel kuni keltirilgan edi.
Ma’lumot uchun, Misr SSV bilan 2023-2024-yillar davomida umumiy qiymati 4,8 million dollarlik jami 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) С gepatitiga qarshi «Daklatasvir» va «Sofosbuvir» dori vositalarini O‘zbekistonga bepul yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter