Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Misrdan dori vositalarining navbatdagi to‘rtinchi turkumi O‘zbekistonga olib kelindi

Misrdan dori vositalarining navbatdagi to‘rtinchi turkumi O‘zbekistonga olib kelindi

Kecha, 20 may kuni «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan S gepatitiga qarshi «Daklatasvir» dori vositasining to‘rtinchi turkumini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga bepul yetkazib berdi.

Mazkur aksiya O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi va «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.

Umumiy qiymati 34 930 AQSh dollarini tashkil etgan 17 mingdan ortiq «Daklatasvir» dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlar o‘rtasiga taqsimlanadi.

Ma’lumot o‘rnida, Misr sog‘liqni saqlash vazirligi bilan 2023-2024 yillar davomida umumiy qiymati 4,8 million dollarlik jami 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) S gepatitiga qarshi «Daklatasvir» va «Sofosbuvir» dori vositalarini O‘zbekistonga bepul yetkazib berish bo‘yicha  kelishuvlarga erishilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring