Misrda kurort shahar beton devor bilan o‘raldi
Misrning Sharm ash-Shayx kurorti atrofida 36 kilometrlik beton devor barpo etildi, deya xabar berdi «Euronews».
Endi shaharga skaner va kameralar bilan jihozlangan darvozalar orqaligina kirish mumkin. Sayyohlik sohasi mutaxassislarining so‘zlariga ko‘ra, bu kurortga bo‘lgan ishonchni tiklashga yordam beradi.
2005-yilda Sharm-ash-Shayxda sodir bo‘lgan portlashlar, keyin esa 2015-yilda Sinayda Rossiya samolyotining qulashidan so‘ng sayyohlar oqimi kamaya boshlagan.
Devor qurilishi 2019-yilda ma’lum bo‘ldi. O‘shanda Janubiy Sinay gubernatori Xolid Fuda ushbu loyiha Sharm ash-Shayxga yo‘qolgan turizm daromadlarini tiklashga yordam berishini ta’kidlagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter