Misr sayyohlar uchun barcha kovid-cheklovlarni bekor qiladi
Misr vazirlar mahkamasi mamlakatdagi epidemiologik vaziyat yaxshilangani va vaksinatsiya jadal sur’atlarda amalga oshayotgani munosabati bilan xorijlik sayyohlar va o‘z fuqarolari uchun barcha koronavirus cheklovlarini bekor qildi.
Amaldagi cheklovlar bekor qilinadigan aniq sana keltirilmagan. Katta ehtimol bilan, qaror qabul qilingan kun (16-iyun)dan kuchga kirishi mumkin.
Shu paytgacha Misrga kirish uchun JSST tasdiqlagan vaksinalardan biri bilan emlanganlik bo‘yicha sertifikat, avval koronavirusga chalinganlik haqidagi ma’lumot yoki PZR-test natijasi talab qilinayotgandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Misrda epidemiologik vaziyat barqaror: fuqarolar uchun turli kompaniyalarning 86,6 mln doza vaksinasi, qolaversa, revaksinatsiya uchun 4,5 mln doza vaksina g‘amlab qo‘yilgan. Hukumat ushbu zaxira aholini emlash yuqori sur’atda o‘tishi uchun yetarli deb hisoblaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter