Misr samolyoti Toshkent osmonida xavfli manyovr qildi

26-may kuni Misrning FlyEgypt aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737 samolyoti Toshkent osmonida xavfli manyovr qilib mahalliy aholini qo‘rqitib yubordi.
Ushbu hodisa guvohi bo‘lganlar ijtimoiy tarmoqlarda samolyot ustilariga qulayotgan deb o‘ylab, qo‘rquvga tushishganini bayon qilishgan.
Mazkur avihodisa yuzasidan Transport vazirligi rasmiy izoh berdi.
Joriy yilning 26 may kuni Toshkent – Qohira yo‘nalishi bo‘yicha FEG 1402 qatnovini bajarayotgan «Fly Egypt» aviakompaniyasining ro‘yxat raqami SU TMG bo‘lgan, Boeing-737 rusumli havo kemasi ekipaji «Toshkent» aeroportidan parvozni amalga oshirish jarayonida noto‘g‘ri manyovrni amalga oshirgan.
Ayni damda ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 27 dekabrdagi 505-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida fuqaro aviatsiya havo kemalari bilan sodir bo‘lgan aviatsiya halokati va insidentlarini tekshirish qoidalari»ga muvofiq aviahodisa tekshiruvini o‘tkazish yuzasidan komissiya tuzildi.
Komissiya tomonidan holat bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi vazirlik xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter