Misr janubida timsoh mumiyolari bo‘lgan qadimiy qabr topildi (foto)
Misr janubida deyarli butunlay mumiyolangan beshta skelet va beshta timsoh bosh suyagi bo‘lgan qabr topildi, deb yozmoqda Heritage Daily.
«Mamlakatda bu hayvonlarning mumiyolari bo‘lgan 20 dan ortiq qabrlar topilgan. Ammo buzilmagan qabrda o‘nta yaxshi saqlangan timsohni topish aql bovar qilmaydigan narsa», – deydi arxeolog Be de Kuper.
Sudralib yuruvchilarning topilgan mumiyolari miloddan avvalgi 304 yilgacha Ptolemeygacha bo‘lgan davrga tegishli. Ularning uzunligi 1,8 dan 3,5 metrgacha.
Hayvonlardan birining ichida bunday sudraluvchilarga suvda muvozanatni saqlashga imkon beradigan toshlar topilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter