Misr futbol federatsiyasi Muhammad Salohga qo‘yilgan diagnozni ma’lum qildi
Chempionlar ligasi finalida jarohat olgan «Liverpul» klubi hujumchisi Muhammad Saloh jahon chempionatida ishtirok eta oladi.
O‘yin davomida Saloh mundialni o‘tkazib yuborishi haqida xabarlar tarqatilgan bo‘lsa-da, Misr futbol federatsiyasi vrachlar diagnoziga asosan, yaxshi xabarlardan voqif etdi.
Misr sport vaziri Holid Abdel Aziz ijtimoiy tarmoqlar orqali Salohning jahon chempionatiga bora olishi va uning safga qaytishi uchun ikki hafta kerakligini bildirdi.
Saloh bir necha kun davomida dastlabki muolajalarni olib, so‘ngra jamoa safiga qo‘shiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter