Misr ehromlari bilan tengdosh ibodatxona xarobalari topildi
Turli mamlakatlar olimlaridan iborat guruh tomonidan Misrdagi qazilmalar chog‘i Quyosh ma’budi — Raga atab qurilgan ibodatxona xarobalari topildi. Bu haqda «Live Science» xabar berdi.
Ra ibodatxonasiniki ekani aytilayotgan xaroba poytaxt Qohiradan 20 kilometr olisda, Abu-G‘urob ibodatxonalar majmuasi hududida aniqlangan. Dastlabki tekshiruvlar obyekt 4 500 yillar avval qurilganini ko‘rsatdi. Ya’ni Misrning mashhur ehromlari bilan tengdosh.
Ibodatxona Beshinchi sulola davrida (miloddan avalgi 2465—2323-yillar) qurilgani taxmin qilinyapti — o‘sha davrda Raga sig‘inish eng yuksak cho‘qqisiga ko‘tarilgan. Ushbu xaroba, olimlarning fikricha, joylashgan o‘rni noma’lumligicha qolayotgan to‘rtta Quyosh ibodatxonasidan biri bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter